Get Mystery Box with random crypto!

Shohrux Siddiqov | Blog

Logotipo del canal de telegramas shohrux_siddiqov - Shohrux Siddiqov | Blog S
Logotipo del canal de telegramas shohrux_siddiqov - Shohrux Siddiqov | Blog
Dirección del canal: @shohrux_siddiqov
Categorías: Sin categoría
Idioma: Español
Suscriptores: 897
Descripción del canal

Kimdir bizni biz uni kuzatishimiz uchun kuzatmasin, xohlasa kuzatsin! ijod va shaxs boshqa-boshqa — o'zaro aralashtirmang..

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Los últimos mensajes 4

2021-12-26 17:13:29
Yolg’on gapirmang. Yolg’iz qolasiz!

@Shohrux_Siddiqov
221 views14:13
Abrir / Cómo
2021-12-25 02:04:44 Eryigit!

Shuni bilib olki, sening iching qog‘oz quti kabi bo‘sh bo‘lmasin. Oyna kabi oson sinma. Qamish kabi g‘ovak bo‘lma.
Sen zarang daraxt bo‘l. Xarsang bo‘l. Qoya bo‘l. Qilich ursalar, qayrilsin. Hatto, senga zarb berish haqida ham xayol qilmasinlar.
Umringda gapirgan toshni ko‘rganmisan? Ingragan qoyani-chi? Vaysaqilik qilayotgan zarang daraxtni-chi?
Hayot o‘ta jiddiy ish. O‘yin bilan ham, kulgi bilan ham, qiyshanglab o‘ynash bilan ham o‘tadi. Lekin bu o‘tishda ma’no bo‘lmaydi, birodar. Sendan keyin qoladigan avlod ham sendan o‘rnak olib, xunasa bo‘lib qolishi mumkin.
Yashasang, tog‘day yasha. Savlatingdan hurksinlar. O‘zingdan katta odam yasab olma. Jussang kichik bo‘lsa, bundan siqilma. Katta bo‘lsa, kerilma. Ikkisi ham go‘rning ichida chiriydi, ilon yeydi, qurt yeydi uni.
Sen ichingga qara. Ruhingga boq. Qalbingni o‘rgan. Nafsingni tani.
Sabring qay darajada? Saboting-chi? Mehnatkashmisan? Qarshingga kelgan maydagap va befoyda bahschidan yuz o‘girib ketishga qodirmisan?
Bu savollarga hayoting javob beradi.
Iching bo‘shab qolmasin. Ichingni Iymon, Sabr va Zikr ila to‘ldirib yur.

@Shohrux_Siddiqov
209 views23:04
Abrir / Cómo
2021-12-24 20:35:03 INOQ OILA

Rivoyat qilishlaricha, bir qishloqda koʻplab oilalar boʻlgan ekan. Barcha oila nihoyatda ahil, inoq yashashar ekan! Har bir oilada qariyalar xotirjam, kattalar baxtli va bolalar baxtiyor ekan.
Bir kuni bu qishloqning oqsoqolidan soʻrashibdi:
- Bunday xotirjamlik va oila baxtining sababi nimada?
Oqsoqol bir varaq qogʻozga uzoq oʻylab shunday soʻzlarni yozibdi va yonida turganlarga koʻrsatibdi:
"SABRLILIK, KECHIRIMLILIK, MUHABBAT".
Bu soʻzlarni oʻqib hayron boʻlishibdi. Shunda oqsoqol debdi:
- Ha, bu soʻzlar har qanday baxtli oilaning asosidir!

@Shohrux_Siddiqov
183 views17:35
Abrir / Cómo
2021-12-23 18:18:15
#malham

Kun kelib hamma narsa o‘z yo‘liga tushib ketishiga ishonib, duo qil..
Hamma narsaning xayrlisi sodir bo‘lishiga ishonib, harakat qil..
Va bir kuni hamma narsa tugashiga ishonib, sabr qil..


@Shohrux_Siddiqov
223 views15:18
Abrir / Cómo
2021-12-23 12:09:42 Bolaligimda otam bilan sirk tomosha qilgani bordik. Chipta olish uchun navbat kutdik. Oldimizda er-xotin va ularning olti farzandi bor edi. Bolalarning kiyimlari eskirgan, lekin ular toza edi. Ular sirk haqida gaplashib juda xursand bo'lishdi.

Navbat ularga kelganda ota deraza oldiga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitib, bir oz tebranib, xotiniga nimadir deb pichirladi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari bor edi. Shu payt dadam cho‘ntagidan 20 AQSH dollarini olib, yerga tashlab, egilib, oldi-da, pulni kaftiga solib, “puling tushib ketdi”, dedi.

U kishi ko‘zlarida yosh bilan: “Rahmat, janob” dedi. Ular auditoriyaga kirishganida, dadam qo‘limni siqdi va biz tashqariga chiqdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi.

O‘shandan beri otam bilan faxrlanaman. Bu hayotimdagi eng go‘zal sahnalardan biri edi. Bu men ko'ra olmagan sirk tomoshasidan ham chiroyli edi. Men ko'proq ishonch hosil qildimki, tarbiya nazorat emas, namuna bo'lishi kerak!

@Shohrux_Siddiqov
205 views09:09
Abrir / Cómo
2021-12-22 16:30:17
Kuniga ijtimoiy tarmoqlar uchun soatlab vaqt ajrtamiz-u, lekin 25 daqiqa Allohni eslashga vaqtimiz yo’q!

@Shohrux_Siddiqov
217 views13:30
Abrir / Cómo
2021-12-22 08:04:08 ​Kuningiz hayrli bo’lsin..
284 views05:04
Abrir / Cómo
2021-12-20 22:20:16 Sizni sizdan olib ketadi
Sizni sizsiz qoldiradi…
319 views19:20
Abrir / Cómo
2021-12-18 22:03:15 Baxtimizga sog'omon bo'lishsin
402 views19:03
Abrir / Cómo
2021-12-18 15:58:45
Mushkilot sizniki bo’lmagan sabrdan gapirish oson tog’rimi ? Boshqa odamlardan dardingizga malham izlamang! Odamlar sizning holatingizga tushmagunlaricha sizdagi holatni tushunishmaydi.

Shunday ekan dardlaringizni Allohdan o’zgaga aytmang!

@Shohrux_Siddiqov
406 views12:58
Abrir / Cómo