Get Mystery Box with random crypto!

𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 🪐

Logotipo del canal de telegramas ruxshona_ziyo - 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 🪐 𝑅
Logotipo del canal de telegramas ruxshona_ziyo - 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 🪐
Dirección del canal: @ruxshona_ziyo
Categorías: Sin categoría
Idioma: Español
Suscriptores: 1.50K
Descripción del canal

Ruxshona Nurmamatova kanalida:
⚡️ Motivation
📚 Asarlarga taqriz
🎙️ Ta'sirli she'rlar
📌 Shaxsiy qarashlarim
✍️Mualliflik sheʼrlarim
Murojaat uchun:👉 @RuxshonaZiyo
Qiyomatda kanalimga ketgan vaqtingiz uchun yoqamga yopishmasangiz mayli qoling....❗️

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Los últimos mensajes

2023-05-03 13:29:44
Mening kichik bir harakatlarimga katta baho bergan ustozlarim hamda Namangan davlat universiteti ustozlariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman
Ularning ishonchi menga bir olam quvonch, kuch bagʻishlaydi

(Maktab oʻquvchisi boʻlib Universitetdan tashakkurnoma olish qanday yaxshi . Sevindim
Allohga shukur )

T.me/Ruxshona_Ziyo
50 views 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 , edited  10:29
Abrir / Cómo
2023-05-02 05:36:15
Biz oʻzgardik!

Hayotimiz bir tilsim,
Yuzda soxta tabassum,
Aytinglar. Barcha bilsin,
Biz oʻzgardik birodar!

Majbur ayladi ochun,
Oʻrtanib toldik, kun- tun,
Yaxshi yashamoq uchun,
Biz oʻzgardik birodar!

Yonmas endi olovdek,
Tushda boʻlgan qirovdek,
Xuddi , boshqa birovdek,
Biz oʻzgardik birodar!

Mayliga qalbim tiling,
Xohi yigʻlang, xoh kuling,
Doʻstlarim shuni biling,
Biz oʻzgardik birodar!

Savollarga javob yoʻq,
Aytarli bir savob yoʻq,
Koʻnglingizni qiling toʻq,
Biz oʻzgardik birodar!

Majbur ayladi ochun,
Oʻrtanib toldik,kun-tun.
Yaxshi yashamoq uchun,
Biz oʻzgardik birodar!

Ruxshona Ziyo

@Ruxshona_Ziyo
253 views 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 , 02:36
Abrir / Cómo
2023-04-30 18:19:24
Hindistonning „ All India Council For Technical Skill Development“ tashkilotiga aʼzo boʻldim

Endi menda ham Xalqaro sertifikat boooor
( Men ham bir maqtanib qoʻyay )

@Ruxshona_Ziyo
94 views 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 , 15:19
Abrir / Cómo
2023-04-30 11:32:24 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 pinned a photo
08:32
Abrir / Cómo
2023-04-22 18:39:50
Borolmasman.

(Qoʻshiq uchun „Javlon Navo“ akamizga berildi!)

Bugun baxtning qovogʻidan yogʻar qorlar,
Seningdayin kulolmaydi oʻzga yorlar,
Yetmasmidi menga shuncha dil ozorlar,
Toʻying kuni koʻrmasligim alam qildi.

Oq libosing yarashibdi mening erkam,
Sevgimizni kim bilmadi, kimlar bildi.
Bardosh yetmas , kuzatmoqqa uzoqdan ham,
Toʻying kuni koʻrmasligim alam qildi.

Bugun senga ne sanamlar havas qilar,
Beozorim , koʻzyoshlaring qalbim tilar,
Begona yor , qaro sochlaringni silar,
Toʻying kuni koʻrmasligim alam qildi.

Yurakkinam unutolmas hech umrbod,
Dunyolarga sigʻmayapman qalb solar dod,
Soyam kabi, doʻstim boʻlar dard-u, faryod,
Toʻying kuni koʻrmasligim alam qildi.

Devonang bor meningdayin yor unutma,
Sen baxtli boʻl, oshigʻiningdek alam, yutma.
Borolmasman , tushun jonim, meni kutma,
Toʻying kuni koʻrmasligim alam qildi.

Gap soʻzlarga chidolmasman, meni kutma,
Toʻying kuni koʻrmasligim alam qildi.

Ruxshona Ziyo

T.me/Ruxshona_Ziyo
517 views 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 , 15:39
Abrir / Cómo
2023-04-20 20:08:40 Sevib turib baxt tiladik.

Sevgan yorin yuragida saqlaganlar,
Begonaga toshbag‘ir, dilsiz bo‘lamiz,
O‘zgalarga tinmay, behad maqtaganlar,
Sevib turib baxt tilagan biz bo‘lamiz!


Muallif. Ruxshona Ziyo.
Ijroda. Rasulov Jo'rabek.
248 viewsRuxshona Nurmamatova, 17:08
Abrir / Cómo
2023-04-20 13:37:21
Sevib turib baxt tiladik
(Qoʻshiq uchun Biloliddin Anvarovga berildi! )

Sevgan yorin yuragida saqlaganlar
Begonaga toshbagʻir, dilsiz boʻlamiz
Oʻzgalarga tinmay, behad maqtaganlar
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Ketganiga sabab , bunday - unday deya
Yolgʻonlarning koʻchasida tiz boʻlamiz
Devonadek oʻzi qalbini oʻzi yeya
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Toʻkayotgan munchoq-munchoq yoshlarini
Alam bilan birga qolgan qiz boʻlamiz
Majburlikdan chimirib koʻz -qoshlarini
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Endi bizni unut deya majnuntolga,
Olovlikdan oʻzgargan bir muz boʻlamiz
Dil soʻzlarin yozib bergan dastroʻmolga,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz.

Eslatma deb oʻtinamiz koʻchalarga,
Bevafo yor yuragida iz boʻlamiz.
Koʻz tushganda oʻrtanamiz yoʻlchalarga,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Sevgan yordan ajramoqlik dardin tuyib,
Armon boʻlgan muhabbatin qoʻmsab, kuyib,
Yoqmaysan deb aldab, lekin qalban suyib,
Sevib turib baxt tilagan biz boʻlamiz!

Ruxshona Ziyo

@Ruxshona_Ziyo
612 viewsRuxshona Nurmamatova, edited  10:37
Abrir / Cómo
2023-04-17 10:32:39 Ramazon oy.

Arshdan sado keldi bugun,
Shamollar ham yeldi mayin.
Dildan gʻamlar oʻldi tayin,
Keldi shahri Ramazon oy.
Akramjon Aliqulov

Yogʻar Rahmon rahmatlari,
Savobi bor zahmatlari(n),
Joynamozi , zarrin-zarrin,
Keldi shahri Ramazon oy.
Ruxshona Ziyo ʼ

Barcha qalblar roʼza tutar,
Allohimdan sogʻliq kutar.
Roʼza ulugʻ bahtga eltar,
Keldi shahri Ramazon oy.
Akramjon Aliqulov

Yaxshi niyat duolarda,
Farishtalar samolarda,
Ochildi berk yetti parda ,
Keldi Shahri Ramazon oy!
Ruxshona Ziyo

Dunyolarga sen hirs qoʼyma,
Insonlarning bagʻrin oʻyma.
Imonsizni sira suyma,
Keldi shahri Ramazon oy.
Akramjon Aliqulov

Erta-yu , kech qilgin duo,
Samolardan kelar sado,
Barchasiga shohid Xudo
Keldi Shahri Ramazon oy.
Ruxshona Ziyo

Dilda zikru tilak boʼlsin,
Kelajakka yoʻlak boʻlsin.
Iymon sari yurak ursin,
Keldi shahri Ramazon oy.
Akramjon Aliqulov

Ibodat imon bor tanda,
Boʻlaylik suyukli banda,
Jannatga quraylik saroy,
Keldi Shahri Ramazon oy.
Ruxshona Ziyo

Mualliflar: Akramjon Aliqulov &Ruxshona Ziyo

@Ruxshona_Ziyo
262 viewsRuxshona Nurmamatova, 07:32
Abrir / Cómo
2023-04-16 19:53:25

214 views 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 , edited  16:53
Abrir / Cómo
2023-04-16 19:52:39

211 views 𝑅𝐔𝑋𝑆𝐻𝑂𝑁𝐴 𝑍𝐼𝑌𝑂 , 16:52
Abrir / Cómo